Agentlik tomonidan avgust-sentabr oylarida davlat buyurtmaçilari tomonidan jami 3,1 mlrd sömlik 11 ta davlat xaridida qonunbuzilişi holatlariga yöl qöyilgani aniqlandi.
Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgan:
- Narpay tuman Tibbiyot birlaşmasining 673 mln sömlik;
- Şumanay tumani yöllardan foydalaniş davlat muassasasining 343 mln sömlik;
- Kattaqörgon tuman maktabgaça va maktab ta’limi bölimining 215 mln sömlik;
- Oltinsoy tumani hokimligining 193 mln sömlik;
- Qumqörğon tumani 2-son kasb-hunar maktabining 115 mln sömlik;
- Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi akademik litseyining 56 mln sömlik davlat xaridlari.
“Qamçiqavtoyöl ixtisoslaştirilgan yöllardan foydalaniş korxonasi” davlat muassasasi buyurtmaçiligida ötkazilgan 1,5 mlrd sömlik davlat xaridida özaro affillangan şaxslar iştirok etişiga yöl qöyilgan.
Agentlikning taqdimnomalariga asosan xarid komissiyasining ğolibni aniqlaş haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, mazkur davlat xaridlarining qonunga xilof ravişda ötkazilişining oldi olindi.
Örganiş va tahlillar jarayonida töplangan hujjatlar qonuniy çora köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi.







