Jamiyat | 18:24 / 02.05.2019
17145
1 daqiqa o‘qiladi

YHXB avtomobillarni qoldirishda talabalardan o‘rnak olishga chaqirdi

Qonunchilikda Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 10 aprel kunidan boshlab haydovchilar o‘z transport vositalarini yo‘l qismida bir qator qilib harakat qismiga parallel holatda qoldirish zarur. 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududi yaqinidagi yo‘lda YPX inspektorlarining tushuntirish ishlari natijasida haydovchilar YHQga muvofiq to‘xtashmoqda. 

Foto: IIBB axborot xizmati

IIBB xabariga ko‘ra, YHXB xodimlari haydovchilar bilan suhbat o‘tkazib, ularga Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida so‘zlab berishgan. 

Foto: IIBB axborot xizmati

“Barcha haydovchilar shundan o‘rnak olishlari kerak, har doim va har yerda o‘z avtomobillarini bir qator qilib harakat qismiga parallel holatda qoldirishlari zarur”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid