«Chinni bozor» yaqinida ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
Bugun, 3 may kuni Toshkentdagi «Chinni bozor» yaqinida yo‘lovchi avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. Bu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan rasmiy ma'lumot berildi.
«Bugun, 3 may kuni soat 14:30da «Chinni bozor» bozori yaqinidagi Toshkent halqa yo‘liga tutashuvchi ikkinchi darajali yo‘lda joylashgan jamoat transportlari bekatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. 8-sonli avtoparkka tegishli 147-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi «Mersedes-Bens» avtobusining 20 yillik ish stajiga ega haydovchisi yo‘lovchilarni tushirayotgan paytda noma'lum sababga ko‘ra avtobus oldinga qarab yurib ketgan.
Harakat davomida avtobus bekatda turgan ikki kishini bosib ketgan va taxminan 10 metr masofani bosib o‘tib, oldingi g‘ildiragi bilan beton ariqqa taqalib to‘xtab qolgan. YTH natijasida 14 yoshli S.G. (qiz) va 30-35 yoshlardagi shaxsi aniqlanayotgan ayol voqea joyida halok bo‘lgan.
Chilonzor tuman ichki ishlar organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, YTH sabablari o‘rganilmoqda», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:02 / 26.11.2024
Toshkent shahridagi ayrim avtobuslar harakati yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
09:26 / 13.11.2024