Kozimjon Komilov: Sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlashning yangi tartibi ishlab chiqildi
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» davlat dasturi doirasida joriy yilning 1 mart sanasiga qadar sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini takomillashtirish bilan bog‘liq qonun loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan edi. Ammo hozirga qadar bu loyiha parlament quyi palatasiga muhokama uchun kiritilmagan.
Senatorlar 19-yalpi majlisi ishida davlat dasturining ushbu bandi ijrosi nega kechikayotganiga qiziqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov mazkur qonun loyihasi shu yilning 25 yanvargacha bo‘lgan muddatdayoq tayyor bo‘lganini ma'lum qildi.
«Tegishli idoralar va Qonunchilik palatasiga muhokama uchun kiritilgandi. Ammo masalaning ba'zi jihatlarini qayta va qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keldi», - deydi Komilov.
Ta'kidlanishicha, faqatgina jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalarning emas, fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy sudyalarning ham yoshini 35ga olib chiqish masalasi turgandi. Munozaralardan keyin hammasini 35 yoshga olib chiqishga qaror qilindi.
Ayni paytda 30 yoshdan kichik bo‘lmagan fuqaro tuman (shahar) darajasidagi sudya bo‘lishi mumkin. Xalq maslahatchilari uchun ham xuddi shunday yosh belgilangan.
«Bundan tashqari, sudyalarning prezident roziligisiz Sudyalar oliy kengashi tomonidan mustaqil tayinlanishi masalasi bo‘ldi. Bunda aynan qaysi toifadagi sudyalarning tayinlanishi muhokama qilindi. Bu masalalarning hammasi muhokama qilindi, Oliy Majlisga kiritildi», - deya axborot berdi Oliy sud raisi Kozimjon Komilov.
Mavzuga oid
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:02 / 21.08.2024
Sud «Ozodlik»ka 100 mln so‘m to‘lash va «gaz chayqovchisi» haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e’lon qilishni yukladi
18:36 / 13.08.2024
Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
16:05 / 03.08.2024