Sport | 19:11 / 04.05.2019
6355
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Bornmut» 9 kishi bo‘lib qolgan «Tottenhem»ga 90+1-daqiqada gol urib, g‘alaba qozondi

Foto: Getty Images

APL 37-turining qiziqarli o‘yinlaridan biri yakunlandi. 3-o‘rinda borayotgan «Tottenhem» mehmonda «Bornmut»ga imkoniyatni boy berdi. 90+1-daqiqada Natan Ake tomonidan kiritilgan gol «Bornmut»ga g‘alaba keltirdi.

O‘yin davomida «Tottenhem»ning ikki futbolchisi qizil kartochka oldi. 43-daqiqada Son Xyon Min, 47-daqiqada Xuan Foyt to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olishdi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng «Tottenhem»ning ochkolari 70 taligicha qoldi va jamoa endilikda vaqtinchalik 3-o‘rinda bo‘ladi. «Chelsi» o‘z o‘yinini yutib, 3-pog‘onaga ko‘tarilishi mumkin.

APL. 37-tur
Bornmut – Tottenhem 1:0
Gol
: Ake (90+1).
Bornmut: Trevers, Simpson, Smit, Klayn, Ake, Ayb (Musse, 76), Freyzer, King, Lerma, Kuk, Uilson.
Tottenxem: Loris, Rouz, Tripper, Sanches, Alderveyreld (Foyt, 46), Dayyer (Vanyama, 46), Sissoko (Devis, 82), Alli, Eriksen, Lukas Moura, Son Xyon Min.
Ogohlantirishlar: Dayyer (11), Alderveyreld (23), Sissoko (40), Lerma (90), Vanyama (90), Alli (90).
Chetlatishlar: Son Xyon Min (43), Foyt (48).

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid