22:33 / 05.05.2019
46670

Sheremetevo aeroportida yo‘lovchi samolyotining yonishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Moskvadan Murmanskka parvoz qilayotgan SSJ-100 yo‘lovchi samolyoti Sheremetevo aeroportiga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, "Aeroflot"ga qarashli samolyot havoga ko‘tarilgandan birozdan keyin qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Bunga samolyot qanotining yonayotgani sabab bo‘lgan.

Samolyot aeroportdan Moskva vaqti bilan 18.00da uchgan, so‘ngra Moskva viloyati ustida bir necha marta aylanib, keyin keskin pasaya boshlagan. Samolyot 18.40da qo‘nishni amalga oshirgan.  

Samolyotning yonishiga unga chaqmoq urishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Yong‘in qo‘ngan samolyotni qamrab olgan va odamlar uni shoshgancha tark eta boshlashgan.

Favqulodda xizmatlarda ma'lum qilinishicha, voqea oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi jarohat olgan. Yo‘lovchilarning bir qismi taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Voqea joyiga kamida 10 ta tez tibbiy yordam mashinasi yo‘naltirilgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotda 73 yo‘lovchi va 5 kishidan iborat ekipaj bo‘lgan. Ayni vaqtda yong‘in o‘chirilgan.

Mavzuga oid
Top