Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga test sinovlarisiz qabul qilinadi?

3 maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, g‘oliblari davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga ana shunday imtiyoz beriladi:
1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2. Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
3. Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)
4. Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
5. Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)
Izoh: mazkur ro‘yxatda keltirilmagan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichiga tenglashtiriladi va ular ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
Bu nima degani?
Ya'ni yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi, balki qaysi fandan g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, faqat o‘sha fandan maksimal ball beriladi.
Aytaylik, barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan Mendeleyev xalqaro kimyo olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi OTMga hujjat topshirsa, unga test sinovlarida kimyo fanidan maksimall ball beriladi, lekin qolgan 2 ta fanini o‘zi ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Moddiy rag‘batlantirishlar
Eslatib o‘tamiz, mazkur Prezident qarori bilan xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilarini moddiy rag‘batlantirish tartibi ham belgilandi. Unga ko‘ra, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari eng kam oylik ish haqining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin (oltin medal) uchun – 500, o‘qituvchisiga –450 baravari;
2-o‘rin (kumush medal) uchun – 300, o‘qituvchisiga –250 baravari;
3-o‘rin (bronza medal) uchun – 200, o‘qituvchisiga –150 baravari.
Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta'lim muassasasi direktorlariga esa navbatdagi o‘quv yili uchun direktor jamg‘armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo‘yicha tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanadi.
Shuningdek, ta'lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz ustama haqi to‘lanadi.
Xushnudbek Xudayberdiyev, huquqshunos.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi AQShdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 17:39
-
Rossiya koloniyalaridagi xorijliklarning 70 foizi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari
Jahon | 17:31
-
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 17:20
-
Polsha prezidenti yana bir bor AQShni yadroviy qurollarini o‘z mamlakati hududiga joylashtirishga chaqirdi
Jahon | 17:19
Mavzuga oid

16:14 / 15.08.2024
Xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar oltin medalni qo‘lga kiritdi

15:22 / 07.02.2023
Fan olimpiada g‘oliblariga 4 mlrd so‘m – o‘qib boyib ketish mumkinmi?

14:09 / 22.12.2022
Xalqaro olimpiadadan bronza olib kelgan surdlimpiachilar hukumatdan taqdirlanishni so‘rayapti

16:23 / 12.11.2021