Tarixda eng ko‘p sotilgan avtomobillar ma'lum qilindi
Britaniyaning Autocar nashri barcha zamonlar va xalqlarning eng ko‘p sotilgan avtomobillari ro‘yxatini taqdim qildi.
Buning uchun jurnalistlar turli brendlarning 60dan ko‘proq modelining savdosi statistikasini tahlil qilib chiqishgan. Natijada reytingning eng yuqori pog‘onasini Toyota Corolla oilasi egallagan. Toyota kompaniyasi bu modeldagi mashinalardan 1966 yildan hozirgi kungacha 45,5 mln dona sotgan.

2-o‘rinni Ford F-Series modeli egallagan. 60 yildan ko‘proq vaqtdan beri ishlab chiqariluvchi ushbu pikap bugungi kunda ham Ford kompaniyasining eng muvaffaqiyatli avtomobillaridan biri bo‘lib qolmoqda. 1948 yildan sotila boshlangan ushbu mashinadan butun dunyo bo‘ylab 27,5 mln donadan ko‘proq sotilgan.

Reytingning “bronza”si afsonaviy Volkswagen Golf’ga tegishli bo‘lib, 1974 yildan hozirgi kungacha ushbu modeldan 34,8 mln dona sotilgan.

4-o‘rinni Opel/Vauxhall Corsa xetchbegi egallagan. Ushbu mashinadan 1982 yildan beri 18,3 mln dona sotilgan.

5-o‘rinni VAZ-2105 egallagan. Ushbu model turli davlatlarda Lada Riva va Lada Nova nomlari bilan sotilgan. Ushbu mashinadan 1980 yildan 2015 yilgacha 18 mln dona sotilgan.

Reytingning 6-o‘rnini Honda Civic egallagan, undan 1972 yildan to hozirgi kungacha 17,3 mln dona sotilgan.

7-o‘rinni Renault Clio (1991 yildan boshlab hozirgi kungacha 14,6 mln dona), 8-o‘rinni Hundai Elantra (1990 yildan boshlab 13,4 mln dona), 9-o‘rinni BMW 3 Series (1975 yildan hozirgi kungacha 13,3 mln dona) va nihoyat 10-o‘rinni Oldsmobile Cutlass (1961 yildan 1999 yilgacha 11,9 mln dona) egallagan.




Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
Jamiyat | 11:18
-
«Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat» tamoyili asosida tizim yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 11:05
-
"O‘zbekinvest" International Insurance Society (IIS) ga a’zosiga aylandi
O‘zbekiston | 11:00
-
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi
Jamiyat | 10:53
Mavzuga oid

21:36 / 20.11.2024
Ford kompaniyasi Germaniyada salkam 3 mingta ish o‘rnini qisqartiradi

21:35 / 18.11.2024
Ford xavfsizlik kamarlaridagi muammo sabab 112 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi

10:57 / 18.05.2024
Toyota Corolla’dan tortib Chevrolet Impala’gacha – Avtosanoat tarixida eng ko‘p sotilgan avtomobillar

14:31 / 07.12.2023