Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada Bangladesh aviakompaniyasining samolyoti qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Bangladeshning Biman aviakompaniyasining samolyoti Myanma aeroportida falokatga uchradi. Bu haqda Myanmar Times nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, samolyot Yangon xalqaro aeroportiga qo‘nishi vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, uchga bo‘linib ketgan. Jabrlanuvchilar haqida ma'lumot berilmagan.
Ayni vaqtda aeroport yopilgan. Daily Star nashri ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotda 33 yo‘lovchi bo‘lgan. Aviakompaniya vakili Shakil Merajning ma'lum qilishicha, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan yomon ob-havo sababli chiqib ketgan.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025