Jahon | 22:56 / 09.05.2019
15171
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik taniqli jurnalist Sergey Dorenko vafot etdi

Foto: RIA Novosti

Rossiyalik taniqli jurnalist Sergey Dorenko baxsiz hodisa oqibatida 60 yoshida vafot etdi.

Ma'lum qilinishicha, Dorenko mototsiklda ketayotganda kutilmaganda yiqilib tushgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtohalokatga jurnalistning o‘zini yomon his qilgani sabab bo‘lgan.

Jurnalistning hayoti uchun shifokorlar kurashishgan, biroq uning hayotini saqlab qolisha olmagan. Ta'kidlanishicha, Dorenko klinik o‘limni boshdan kechirgan.

Dorenko 1959 yil Kerchda tug‘ilgan. Moskvaga ko‘chib o‘tib, 1982 yilda RUDNda o‘qishni tamomlagan. 

Dorenko 2014 yildan “Govorit Moskva” radiostansiyasi bosh muharriri hisoblangan. Bungacha u “Russkaya slujba novostey” stansiyasi radioboshlovchisi va bosh muharriri bo‘lgan. U televideniyedagi faoliyati orqali tanilgan. Marhum jurnalist o‘z vaqtida “Vremya” va “Avtorskaya programma Sergeya Dorenko” ko‘rsatuvlariga boshlovchilik qilgan.

Mavzuga oid