Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpolning sobiq prezidenti rafiqasi Fransiyada boshpana oldi
Fransiya hukumati Xitoyda 2018 yil sentyabrda hibsga olingan, Interpolning sobiq prezidenti Men Xunveyning rafiqasi Greys Menga qochqin maqomini berdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
“Agar Fransiya menga boshpana bermaganda, meni allaqachon o‘ldirib yuborgan bo‘lishardi”, deb aytgan Greys Men. Ayolning ta'kidlashicha, Fransiya hukumatining ushbu qarori uning “ikkinchi hayoti” boshlanishini anglatadi. Greys Men qochqin maqomini olish haqidagi arizani 2018 yil noyabrda topshirgan.
Men Xunvey 2018 yil 28 sentyabrda Xitoyga ta'til o‘tkazgani jo‘nab ketgan va shundan keyin ancha vaqt aloqaga chiqmagan. Uning rafiqasi eridan xavotirlanib, uning yo‘qolib qolgani haqida Fransiya mutasaddi idoralariga xabar bergan.
2018 yil 7 oktyabrda Xitoy ma'muriyati 64 yoshli Men Xunvey qonunbuzarlik sodir etish gumoni bilan ushlanganini, Xitoy jamoatchilik xavfsizligi vazirligi esa u poraxo‘rlik va boshqa jinoyatlarda gumon qilinayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
17:55 / 02.07.2026
Bugatti chinni qoplamali noyob avtomobilni taqdim qildi
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026