Musulmonlar va buddaviylar to‘qnashuvlari sababli butun Shri-Lanka hududida komendantlik soati joriy etildi
Shri-Lanka hukumati musulmon va buddaviy aholi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tez-tez yuz berishi ortidan butun mamlakat hududida komendantlik soati joriy etilishini ma'lum qildi. Bu haqda Ada Derana nashri xabar berdi.
Nashrning bildirishicha, komendantlik soati mahalliy vaqt bilan soat 21.00dan kuchga kirgan va seshanba soat 04.00gacha amal qiladi. Avvalroq keskin vaziyat saqlanib qolayotganligi sababli Shri-Lankaning Shimoli-g‘arbiy provinsiyasida komendantlik soati joriy etilgandi.
Avvalroq mamlakat g‘arbida musulmonlarga tegishli magazinlarni toshbo‘ron qilgan o‘nlab kishilar qo‘lga olingandi. Tartibsizliklar kuchayishi ortidan mamlakatda WhatsApp, Viber va Facebook kabi ommabop messenjer hamda ijtimoiy tarmoqlar bloklandi.
21 aprelda Shri-Lankaning turli joylarida sakkizta portlash sodir bo‘ldi. Ushbu portlashlar oqibatida 260 kishi halok bo‘lgan. Portlashlar uchun javobgarlikni IShID guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Shri-Lanka hukumatining ma'lumot berishicha, mamlakat hududida IShIDning 140ga yaqin a'zolari faoliyat olib bormoqda.
Mavzuga oid
11:50 / 23.09.2024
Shri-Lankada so‘l kuchlar vakili prezident etib saylandi
23:46 / 13.09.2024
Shri-Lankada kapalak o‘g‘rilari 200 ming dollar jarimaga tortildi
09:30 / 29.06.2024
Shri-Lanka Rossiyadan urushda halok bo‘lganlar uchun tovon puli so‘radi
10:15 / 15.04.2023