Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» yozgi transferlar oynasi ochilishini kutmasdan Azarning transferini e'lon qiladi
«Real» klubi 29 may kuni o‘tkaziladigan Yevropa Ligasi finalidan keyin «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azarning transferini e'lon qiladi.
L'Equipe xabariga ko‘ra, tomonlar 28 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha 100 million yevrolik kelishuvga erishgan.
Azar 2012 yildan beri «Chelsi» sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 37ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urgan va 15ta golga hammualliflik qilgan. Uning «Chelsi» bilan imzolagan shartnomasi 2020 yil yozigacha amal qiladi.
Azar 12 may kuni Angliya chempionatining oxirgi turi doirasida «Lester»ga qarshi o‘yindan keyin jamoa muxlislari bilan xayrlashgandi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ligasi finalida «Chelsi» va «Arsenal» klublari bellashadi.