O‘zbekiston | 19:30 / 14.05.2019
5461
1 daqiqa o‘qiladi

Bitiruvchilarga attestatlar 20 iyungacha topshiriladi

Hukumat qarori bilan Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish tartib to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (2019 yil 13 may, 393-son).

Nizomga muvofiq, attestat va sertifikatlarni bitiruvchilarga topshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

har yili 10 iyunga qadar bitiruvchilarning baholari, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq hujjatlar (sinf jurnali, baholar tabeli) o‘rganilib, attestat va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar ro‘yxati shakllantiriladi hamda pedagogik kengashga taqdim etiladi;

pedagogik kengash har yili 15 iyunga qadar bitiruvchilarni attestat va sertifikat bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

bitiruvchilarga attestat va sertifikat har yili 20 iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni  tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat beriladi.

Mavzuga oid