Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Plastik har yili millionga yaqin odamning umriga zomin bo‘lishi ma'lum qilindi
Taniqli boshlovchi va tabiatshunos Devid Attenboroning ta'kidlashicha, plastik bilan ifloslanish ko‘lami ortishi har yili milliongacha odamning umriga zomin bo‘lmoqda hamda atrof-muhitga vayronkor ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.
Plastikdan ifloslanishning ta'siri haqidagi dokladda rivojlanayotgan davlatlarda yaxshi boshqarilmaydigan chiqindi bilan bog‘liq kasalliklar va baxsiz hodisalardan har yili 400 mingdan milliongacha kishi o‘lishi hujjatlashtirilgan.
Attenboroning aytishicha, plastik okeanlarga zarar yetkazadi, undan ifloslanish effekti esa “uzoq vaqtdan beri e'tiborsiz qoldirilgan falokatdir”.
Ma'lumotlarga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlarda har 30 soniyada atrof-muhitning plastikdan ifloslanishidan bir kishi vafot etadi. Bu zararli ta'sirdan birinchi navbatda chiqindixonalar yaqinida yashovchi odamlar jabr ko‘radi. Bunday “qo‘shnichilik”ning oqibatlari saraton, bezgak, ichburug‘ hisoblanadi.
Doklad mualliflari dunyoning yetakchi kompaniyalari, jumladan Coca-Cola, Nestlé, PepsiCo’ni rivojlanayotgan davlatlarda plastik miqdorini 2 marotaba kamaytirishga chaqirmoqdalar.
Mavzuga oid
00:18 / 29.09.2025
Suyaklar yemirilishining kutilmagan sababi aytildi
17:16 / 06.09.2025
Chiqindi evaziga ovqat: Hindistonning “Garbage cafe” tajribasi shaharlarni qanday sog‘lomlashtiryapti?
01:40 / 08.04.2025
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
16:56 / 12.02.2025