Plastik idishlardagi suv vodoprovod suvidan xavfliroq - tadqiqot
Plastik butilkada qadoqlangan suv vodoprovod suvidan xavfsizroq va foydaliroq, degan fikr mavjud. Ammo bunday emas, deb ta’kidlamoqda Qatardagi Weill Cornell Medicine tadqiqotchilari.

Foto: Shutterstock
Olimlarning aytishicha, butilkalardagi suv vodoprovod suviga qo‘yiladigan qat’iy sifat va xavfsizlik standartlariga ko‘p hollarda javob bermaydi. Bundan tashqari, plastik idishlardagi zararli kimyoviy moddalarning suvga o‘tishi xavfi mavjud. Ayniqsa, agar suv uzoq vaqt saqlansa yoki quyosh nuri va yuqori harorat ta’sirida qolsa, bu xavf yanada ortadi. Phys.org nashrining yozishicha, bu holatlar jiddiy muammoga aylanishi mumkin.
Mutaxassislarning baholashicha, butilkadagi suv namunalarining 10 foizdan 78 foizgacha bo‘lgan qismida ifloslantiruvchi moddalar mavjud. Bu moddalarga ko‘pincha gormonal (endokrin) tizimni izdan chiqaruvchi mikroplastiklar, shuningdek, ftalatlar va bisfenol A kiradi.
Mikroplastik bilan ifloslanish oksidlanish stressiga, immun tizimi boshqaruvining buzilishiga va qondagi yog‘lar miqdorining o‘zgarishiga olib keladi. Bisfenol A esa keksa yoshdagilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U bir qator muammolarni keltirib chiqaradi, jumladan, qon bosimining ko‘tarilishi, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va semizlikka sabab bo‘ladi.
“Qisqa muddatli xavfsizlik chegaralari mavjud bo‘lsa-da, bu ifloslantiruvchi moddalarning uzoq muddatli ta’siri oqibatlari hali ko‘p jihatdan noma’lumligicha qolmoqda”, — deb ta’kidladi tadqiqot mualliflari. Ular mikroplastiklar oziq zanjirga tushib qolishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.
Plastik butilkalar okeanlarni ifloslantiruvchi ikkinchi eng katta manba hisoblanadi. Butun dunyoda bunday butilkalarning atigi 9 foizi qayta ishlanadi. Ularning ko‘pchiligi chiqindixonalarga yoki axlat yoqish zavodlariga tashlanadi, yoki bo‘lmasa past va o‘rta daromadli mamlakatlarga “eksport qilinadi”. Bundan tashqari, plastik butilkalar uchun xomashyo olish va ularni ishlab chiqarish jarayoni issiqxona gazlari chiqindilariga sezilarli darajada hissa qo‘shadi.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, restoranlar va jamoat joylarida ichimlik suvidan foydalanishni soddalashtirish, shuningdek, bir martalik plastikni cheklash bo‘yicha ba’zi choralar ko‘rilgan bo‘lsa-da, bu yetarli emas. Hali qilinadigan ishlar ko‘p.
“Qadoqlangan suvga qaramlik sezilarli tibbiy, moliyaviy va ekologik xarajatlarni keltirib chiqaradi, undan keng foydalanishni zudlik bilan qayta ko‘rib chiqish zarur”, — deb xulosa qilmoqda tadqiqotchilar.
Ular hukumatlarni bu muammolarni zudlik bilan hal qilishga chaqirdi. Ayniqsa past va o‘rta daromadli mamlakatlarda bu jiddiy masala, chunki ularda xavfsiz ichimlik suvi infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyoj ancha yuqori. Olimlar butilkalangan suvdan voz kechib, uning o‘rniga vodoprovod suvini iste’mol qilishni tavsiya etmoqda.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi
O‘zbekiston | 12:28
-
Bo‘stonliqda qum-shag‘alni noqonuniy qazish oqibatida 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
O‘zbekiston | 12:26
-
“Qiz bola uchun xavfsiz bo‘lgani sabab Abu Dabida o‘qishni tanladim” – NYUAD talabasi Muxlisa Mamatova
Jamiyat | 12:16
-
Trampning ortga tisarilishi. U nega bojlarni 90 kunga muzlatib qo‘ydi?
Iqtisodiyot | 12:13
Mavzuga oid

21:26 / 08.04.2025
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi

01:40 / 08.04.2025
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi

21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi

08:02 / 05.04.2025