Samarqand aholisining aniq soni ma'lum bo‘ldi
2019 yilning birinchi choragida Samarqand viloyat aholisi soni 3 813 600 nafarga yetdi. Yil boshidan buyon aholi soni 14,7 ming nafarga, ya'ni 0,4 foizga ko‘paygan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Viloyatning eng ko‘p aholisi (540 400) Samarqand shahrida istiqomat qiladi. Urgut tumanida esa 496 ming, Past Darg‘omda 347 200, Kattaqo‘rg‘onda 267 900, Samarqand tumanida 247 100 fuqaro ro‘yxatga olingan va aynan shular viloyatning eng ko‘p aholiga ega tumanlari hisoblanadi.
Viloyat aholisining jinsiy taqsimotiga nazar solsak, erkaklar 1 916 800 nafarni, ayollar esa 1 896 800 nafarni tashkil qiladi. Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumanlarida ayollar soni erkaklarga qaraganda ko‘proq. Qolgan barcha tumanlarda erkaklar soni ko‘proq.
Viloyat aholisining aksariyat qismi qishloqlarda yashaydi - 2 394 100. Shaharlarda esa 1 419 500 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan. Birinchi chorakda Samarqandda 19 781 tug‘ilish, 3 775 o‘lim qayd etilgan. Yanvar-aprel oylarida 6 031 nikoh, 839 ta ajralish ro‘yxatga olingan. O‘tgan yilning shu vaqti bilan solishtirsak, nikohlar soni 33 taga ko‘paygan, ajralishlar esa 75 taga kamaygan.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024