Jahon | 22:33 / 17.05.2019
16722
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Zelenskiyning inauguratsiyasiga taklif etilmadi

Foto: Petr Sivkov/TASS

Rossiya 20 mayda o‘tadigan, Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasiga vakillari taklif qilingan davlatlar qatorida yo‘q. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri spikeri Yekaterina Zelenko ma'lum qildi. 

“Rossiya bu tadbirga taklif qilinmagan. Biz hamkorlarimiz va do‘stlarimiz hisoblangan davlatlarnigina taklif qilganmiz”, deb aytgan Zelenko.

Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, yangi prezidentning inauguratsiyasi parlamentning sessiyalar zalida o‘tadi, u yerda Zelenskiy deputatlar oldida qasamyod keltiradi. 

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Kiyevdan yangi prezident inauguratsiyasiga taklif olmaganini aytgan. U shuningdek Rossiya rahbariyati Zelenskiyni lavozimiga kirishishi bilan tabriklashi borasidagi savolni ochiq qoldirgan. 

Ta'kidlanishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hanuzgacha Zelenskiyni saylovlardagi g‘alaba bilan tabriklamagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Zelenskiyning inauguratsiyasida Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya va Vengriya prezidentlari ishtirok etishlarini tasdiqlashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid