2019 yil 18 may kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida ilk bor Vazirlar Mahkamasining 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturining 2019 yil birinçi çoragida bajarilişining borişi töğrisidagi hisoboti eşitildi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabariga köra, hisobotni boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov taqdim etdi.

Hisobotda keltirib ötilganidek, Prezident taşabbusi bilan yaratilgan Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini izçil amalga oşiriş barorida Vazirlar Mahkamasining taşkiliy jihatdan qayta körib çiqilib, faoliyati yangi mazmun bilan boyitilgani, yirik xöjalik boşqaruv sub'yektlarida korporativ boşqaruvning zamonaviy usullari joriy etilgani Hukumat tomonidan Davlat dasturining birinçi çorak uçun belgilangan ustuvor vazifalarini öz vaqtida, sifatli ijro etilişini ta'minlaşda muhim omil böldi.

Şundan kelib çiqib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan Davlat dasturining bajarilişida bir qator jihatlarga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, davlat rahbarining 2019 yil 17 yanvardagi farmoni bilan belgilangan ustuvor yönalişlarni sifatli, samarali amalga oşiriş, hisobot davrida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy-ijtimoiy sohaning bardavom rivojlanişini ta'minlaş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, jozibador investitsiya muhitini yaratiş, respublika hududlarining ijtimoiy rivojlaniş darajasini yuksaltiriş, mavjud muammo va kamçiliklarni aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş yuzasidan tegişli çoralarni körişga ustuvor ahamiyat berildi.

Şu davr ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlarida davlat budjetining daromadlarini şakllantiriş va xarajatlari hamda budjet taqçilligi mö'tadilligini ta'minlaş katta ahamiyat kasb etdi. Mamlakatda amalga oşirilgan izçil taşqi savdo siyosati tufayli eksport hajmi hamda jami taşqi savdo aylanmasining ortişiga erişildi.

Respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhiti natijasida investitsiyalarning özlaştirilişi jadallaştirildi. Bunda davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan Investitsiya dasturining alohida ahamiyati bor. Xorijiy investitsiyalar iştirokida moliyalaştirişning sezilarli ösişi ta'minlanib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 3 barobarni taşkil etdi.

Amalga oşirilayotgan bunyodkorliklar orasida aholiga transport xizmatini körsatiş, uy-joy, içimlik suv bilan ta'minlaş işlari alohida ahamiyat kasb etib, sezilarli ösiş kuzatilmoqda.

Ötgan davrda Hukumat faoliyatida ijtimoiy masalalar bilan şuğullaniş ustuvor vazifaligi ta'minlanib, aholining bandligi, soğliqni saqlaş, ta'lim tizimini takomillaştiriş işlariga alohida e'tibor berildi. Şu örinda “Har bir oila — tadbirkor”, “Yoşlar — kelajagimiz” va dehqon xöjaliklari va şaxsiy tomorqa yerlarini rivojlantirişga doir dasturlar asosida iş örinlarini yaratiş jadal sur'atlarda amalga oşirilmoqda.

“Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oşirilayotgan yaratuvçanlik işlari natijasida zamonaviy qişloqlar (jami 478ta)da 312 ming 549 xonadon qurilib, 1,7 million nafar aholining, şaharlardagi mahallalarda esa, 496 ming aholining yaşaş şaroiti yaxşilandi. Bularning barçasi bir maqsadga — mamlakat taraqqiyoti va aholining turmuş farovonligini ta'minlaşga xizmat qilyapti.

Vazirlar Mahkamasining hisoboti deputatlar tomonidan har tomonlama, çuqur tahlil qilindi. Parlament vakillari, avvalambor, Davlat dasturida belgilangan, ötgan davrda işlab çiqilişi lozim bölgan normativ-huquqiy hujjatlar, ularning Oliy Majlis quyi palatasiga öz vaqtida kiritilişi hamda mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirişning huquqiy asoslarini yaratiş bilan boğliq masalalar yeçimiga alohida ahamiyat qaratdilar. Davlat dasturining ijrosi ustidan amalga oşirilayotgan nazoratning yanada ta'sirçanligi va samaradorligini ta'minlaş, bunda parlament nazoratining barça şakllaridan unumli foydalaniş zarurligi qayd etildi.

Hukumat hisoboti yuzasidan har bir siyosiy partiya fraksiyasi hamda Özbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi vakillari öz nuqtai nazarini bayon qildi.

Jumladan, siyosiy partiyalar fraksiyalari a'zolari Davlat dasturining 2019 yil birinçi çoragida ijrosi ta'minlanişi rejalaştirilgan 63 ta banddan amalda 46 tasi bajarilganiga e'tibor qaratar ekan, öz vaqtida ado etilmagan bandlar böyiça asosli e'tirozlar bildirdilar. Bundan taşqari, tadbirkorlikni rivojlantiriş, davlat dasturlarini amalga oşirişda mahalliy hokimiyat organlaridagi mavjud byurokratik tösiq va sub'yektiv omillarni bartaraf etiş yuzasidan Hukumat alohida körsatmadan iborat normativ-huquqiy hujjat işlab çiqib, qat'iy nazoratni amalga oşirişi lozimligi, zarur hollarda deputatlar bilan bu sohada faol hamkorlikni yölga qöyişi zarurligini bildirib ötdilar.