Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi ötkazildi. Unda hokimlar bir vaqtning özida xalq deputatlari kengaşi raisi bölişi mumkin emasligini nazarda tutilgan qonun loyihasi körib çiqildi.

Qayd etilişiça, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada xalq deputatlari kengaşiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boşçilik qilişi hamda viloyat, tuman, şahar hokimi lavozimini egallab turgan şaxs bir vaqtning özida xalq deputatlari kengaşining raisi lavozimini egallaşi mumkin emasligini nazarda tutuvçi yangi norma öz aksini topgan. Şu bilan birga, yangi konstitutsiyaviy-huquqiy şaroitlarda hokim va mahalliy kengaş raisi lavozimlari ajratilayotgani amaldagi qonun hujjatlarini qayta körib çiqiş hamda takomillaştiriş zaruriyatini keltirib çiqarmoqda.

Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida işlab çiqilgan qonun loyihasi bilan Özbekistonning ayrim qonun hujjatlariga hokimlar hamda mahalliy kengaşlarning vakolatlarini takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasida quyidagilar belgilanmoqda:

– mahalliy kengaşlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan rais boşçilik qilişi;

– xalq deputatlari kengaşi raisi öz vazifalarini bajariş davrida doimiy va boşqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirişi mumkin emasligi;

– kengaşlar yiğilişlarida hokim nomzodi körib çiqilayotganida nomzod mahalliy kengaş deputatlariga hududni rivojlantiriş dasturini taqdim etişi şartligi;

– mahalliy kengaş va hokim qabul qiladigan hujjatlar Yagona elektron tizimda (e-qaror.gov.uz) röyxatdan ötkazilişi va tizimga joylaştirilişi, röyxatdan ötkazilmagan hujjatlarning haqiqiy emas deb hisoblanişi.

Qayd etilişiça, uşbu qonun loyihasining qabul qilinişi mahalliy kengaşlar faoliyati samaradorligi yanada oşirişga, hokimlarning xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini kuçaytirişga xizmat qiladi.