O‘zbekiston | 22:24 / 21.05.2019
30073
2 daqiqa o‘qiladi

Uchtepa tumaniga yangi hokim va boshqa sektorlar rahbarlari tayinlandi

Toshkent shahar Uchtepa tumanining to‘rtta sektoriga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Farxod Ravshanovich Abdullayev Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Farhod Abdullayev 35-Tuzel saylov okrugi deputati, kommunal xujalik va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha doimiy raisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2011−2018 yillarda «O‘zikkilamchiranglimetall» korxonasiga rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanida bo‘lib, tuman rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Tuman hokimi Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuhamedov va tumanning boshqa rahbarlari davlat rahbarining ushbu tumanga tashrifi yakunlariga ko‘ra ishdan olingandi.

2017 yildan Toshkent viloyati Angren tuman DSI boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Rustam Maxmudjanovich Ashirmatov Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Uchtepa tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Sayfullo Negmatovich Axmedov nomzodi tasdiqlandi. U 2018−2019 yillarda Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

2018 yildan Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Jobir Odilovich Azimov Uchtepa tumani prokurori bo‘ldi.

Mavzuga oid