Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi PQ-4327-sonli Qaroriga asosan Shohrux Shoturg‘unovich Shorahmetov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining davlat budjeti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shohrux Shorahmetov 1977 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 1999 yilda Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsion va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish masalalari bo‘yicha bo‘linmasining bosh konsultanti lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelgan.
U turli yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida, shuningdek, Moliya vazirligidagi turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Moliya – iqtisod sohasidagi ish staji 18 yil.
«Shohrux Shorahmetov ijtimoiy soha - ta'lim, sog‘liqni-saqlash, madaniyat va sport, shuningdek fan sohalari moliyasini yaxshi tushunadigan, budjet mablag‘larini boshqarish va oqilona foydalanish tartib-qoidalarini, shuningdek davlat budjet siyosatining istiqboldagi ustivor vazifalarini chuqur biladigan salohiyatli mutaxassis bo‘lib hisoblanadi», deyiladi Moliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Bundan avvalroq, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi
Jahon | 01:05
-
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV
Jahon | 00:45
-
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Jahon | 00:22
-
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
Jahon | 23:54 / 21.04.2025
Mavzuga oid

16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi

20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi

11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida

15:14 / 21.11.2022