Zelenskiyga Poroshenkoning kursisi yoqmadi

Foto : utro.ru
Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining birinchi ish kuni prezident kursisining noqulayligidan shikoyat qildi.
Zelenskiyning ish o‘rnida birinchi marta paydo bo‘lishi va avval sobiq prezident Pyotr Poroshenko egallagan kursi borasidagi taassurotlari videosi prezident jamoasi tomonidan e'lon qilindi. Videoda yangi prezident avval Poroshenko o‘tirgan kursi yoniga kelib, unga o‘tirib, uning “noqulayligidan” shikoyat qiladi hamda o‘z nomiga bildirilgan olqishlarga “Nimaga chapak chalyapsiz?”, deb so‘raydi atrofidagilardan.
“Men esa qachon ko‘chib o‘tishimizni o‘ylamoqdaman”, deb aytadi Zelenskiy prezident kabinetidagi stol atrofida yig‘ilganlarga.
Ukraina prezidenti ma'muriyati ayni vaqtda 1939 yilda qurilgandan keyin Kiyev harbiy okrugi shtabi, urushdan keyin esa Ukraina kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi egallagan binoda joylashgan. Ushbu bino 1992 yilda prezident qarorgohiga aylangan.
Avvalroq Zelenskiy Bank ko‘chasida joylashgan ushbu binoda ishlashni istamayotganini aytgan. Uning aytishicha, prezident ma'muriyati hukumat mavzesida emas, balki ochiq joyda ishlashi lozim. Biroq u qayerga ko‘chib o‘tmoqchiligiga aniqlik kiritmagan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tarixda ilk marotaba qotillik qurboni sudda sun’iy intellekt yordamida gapirdi
Jahon | 17:15
-
Pokiston - Hindiston havo jangi tarixdagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi
Jahon | 17:04
-
HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?
Jamiyat | 17:00
-
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:33
Mavzuga oid

08:40
Zelenskiy: Rossiya bilan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifi kuchda qolyapti

13:50 / 05.05.2025
Zelenskiy Chexiyada: Rossiya bilan sulhga istalgan vaqtda erishish mumkin

00:52 / 02.05.2025
Zelenskiy Trampdan eng kuchli kartalar to‘plamini oldi - AQSh moliya vaziri

10:55 / 01.05.2025