Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya osmonida avtomobil o‘lchamidagi meteorit portladi (video)

21 may kun oqshomda Avstraliya janubida meteor kuzatildi. Astronom Devid Finleyning ta'kidlashicha, samo jismi Adelaida shahridan 400 km janubda okeanga tushgan. Uning og‘irligi 20-40 tonnaga baholangan, o‘lchami esa avtomobildek kelgan. Sayyoramiz atmosferasiga kirish vaqtida 40 ming km/soat tezlikka ega bo‘lgan meteoroid osmonda portlagan. Portlash kuchi trotil ekvivalentida 1,6 kilotonnani tashkil qilgan – bu Yaponiyaning Xirosima shahrida portlagan atom bombasi kuchining o‘ndan birini tashkil qiladi.
Astronomning aytishicha, meteoroid portlash vaqtida bo‘laklarga bo‘linib ketgan bo‘lsa-da, aholi punktlariga xavf solgan, chunki yerga uning 3-4 tonnalik bo‘laklari tushishi mumkin bo‘lgan. Toshlar uylar va avtomobillar tomlarini teshib o‘tishi mumkin edi.
NASA’ning reaktiv tezlik laboratoriyasi xodimi Stiv Cheslining aytishicha, bu meteor AQSh milliy aerokoinot agentligi standartlariga ko‘ra ancha kichik bo‘lgan. Samo jismi yoshi 10 mln yilni tashkil qiladi, paydo bo‘lgan yeri esa Mars ortidagi asteroidlar kamari hisoblanadi. Olim meteorni kichik avtomobildek kelishini aytgan va bunday o‘lchamdagi obektlar sayyoramiz atmosferasiga yiliga taxminan 3-6 marta tushishini qo‘shimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mukofotlangan elchi, e’lon qilingan mandat va Soliq qo‘mitasidagi texnik nosozlik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:24
-
Brabus olti g‘ildirakli XLP 800 6x6 Adventure pikapini namoyish etdi
Fan-texnika | 21:51
-
Zangezur: O‘zbekiston uchun yangi strategik imkoniyatmi?
Jahon | 21:43
-
“Global brendlar talabi uchun yuqori navli paxta kerak” – investitsiyalar vazirligi mas’uli AQShdan paxta import qilinishiga izoh berdi
Iqtisodiyot | 21:07
Mavzuga oid

14:24 / 11.08.2025
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi

07:47 / 15.07.2025
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi

23:51 / 14.07.2025
Avstraliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi

19:14 / 14.07.2025