Hazoraspda yirik yengil sanoat kompleksi ishga tushirildi
Xorazm viloyati Hazorasp tumani markazida «Hazorasp tekstil» yirik yengil sanoat kompleksi ishga tushirildi, deb xabar beradi Kun.Uz muxbiri.
24 may kuni korxonaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, tuman hokimliklari va davlat idoralari xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari, mehnat faxriylari, san'atkorlar ishtirok etishdi
«Hazorasp tekstil» kompleksidagi ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq, jami 80 milliard so‘mlik investitsiya mablag‘i o‘zlashtirilgan holda, «Asakabank» mablag‘lari va «Vikkot Impeks» MChJ investitsiyalari hisobiga amalga oshirildi. Korxonadagi uskunalar Shveytsariyaning «Riter mashin vorks LTD» kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi.
«Hazorasp tekstil» korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatlari yaratilgan bo‘lib, mahsulotning 80 foizini eksport qilish imkoniyati mavjud. Bu loyihani amalga oshirilishi orqali 200ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Mavzuga oid
15:24 / 19.08.2024
“Sud o‘tguncha, g‘o‘za qurib qoladi” - Xorazmda fermer va HETK o‘rtasidagi nizo hosilga tahdid solmoqda
07:33 / 13.10.2023
Elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro davlatga 520 million so‘m zarar yetkazdi
18:30 / 07.11.2022
Hazorasp tumani hokimi o‘rinbosari 6 yilga qamaldi
07:39 / 26.03.2022