Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Respublikasining yangi elchisi Komilovga ishonch yorlig‘ini topshirdi
Foto: Tashqi ishlar vizirligi
24 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Kan Chjye Kvonni qabul qildi.
“Ishonch yorliqlari nusxalarini topshirishga bag‘ishlangan qisqa marosimdan so‘ng vazir elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi hamda unga yuqori va mas'uliyatli lavozimda muvaffaqiyat tiladi”, deyiladi TIV xabarida.
Xabarda aytilishicha, o‘zaro suhbatda O‘zbekiston va Koreya prezidentlarining 2017 yil noyabr oyida Seuldagi va 2019 yilning aprel oyida Toshkentdagi uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish masalalariga hamda turli soha va shakllardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
Ta'kidlanishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi xalqlari farovonligi yo‘lida alohida strategik sheriklik va hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning an'anaviy yuqori darajasi saqlab qolinishiga hamda mustahkamlanishiga ishonch bildirildi.
Mavzuga oid
12:50 / 02.02.2026
Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi
12:24 / 30.01.2026
O‘zbekiston diplomatlari Koreyada jazo o‘tayotgan fuqarolar bilan uchrashdi
20:53 / 25.01.2026
Koreyaga kirishda karantin talablari kuchaytirildi
15:10 / 17.12.2025