Jahon | 20:40 / 25.05.2019
14651
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada bosh vazirlikka yangi da'vogar paydo bo‘ldi

Foto: Matt Dunham / AP

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok hukumat rahbarligi uchun kurashishga tayyorligini ma'lum qildi. U Bi-bi-si bilan suhbatda Tereza Mey o‘rnini egallashga tayyorligini aytdi.

Avvalroq sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson, xalqaro rivojlanish vaziri Rori Styuart, jamoat palatasi sobiq spikeri Andrea Lidsom va Brexit bo‘yicha sobiq vazir bosh vazir lavozimi uchun kurashishini ma'lum qilgandi. 

Tereza Mey 24 may kuni o‘zining iste'foga chiqishga qaror qilganini bildirdi. Iste'foga Yevroittifoq bilan kelishuv borasida parlament bilan kelishmovchilik sabab bo‘ldi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid