Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada bitta tovada bir sutkada 2217 dona quymoq tayyorlandi
Fransiyaning Mayyen departamentidagi mehmonxona xodimlari 24 soat ichida 2 mingtadan ortiq quymoq tayyorlab rekord o‘rnatishdi, deb xabar berdi France Bleu radiostansiyasi.
Fransiyaning Laval shahridagi Ibis Le relais d'Armor mehmonxonasining 20 nafar xodimi Leclerc Pegase savdo markazida 24 soat davomida quymoq tayyorlashdi. Ular quymoqlarni bitta tovada tayyorlagan.
"Jahon rekordi o‘rnatildi: jami 2217 dona quymoq tayyorlanib sotildi. Tushgan pul bemor bolalarning orzularini ro‘yobga chiqaradigan Arc en Ciel assotsiatsiyasi hisobiga o‘tkaziladi", - deyiladi radiostansiya xabarida.
Har bir quymoq 50 sentdan sotilganligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
08:41
Jahonda rekord darajadagi jazirama kuzatilishi mumkin
17:35 / 14.07.2026
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026