Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada oltin ajratuvchi qo‘ziqorinlar topildi
Avstraliya g‘arbidagi konlarda erigan oltinni yutib, ularni mitseliy sirtida sof oltin ko‘rinishida hosil qiluvchi mikroskopik qo‘ziqorinlar Fusarium oxysporum aniqlandi. Bu haqda Nature Communications jurnalida chop etilgan maqolada aytilgan.
Qo‘ziqorinlar vodorod peroksidning yuqori reaktiv molekulalarini ajratib, uni oqsidlanishga va ionlarga aylanib, sof oltinga aylanishga majbur qiladi.
Olimlar hozircha qo‘ziqorinlarda nima uchun bunday jarayon kechishini ayta olmayaptilar.
Ushbu kashfiyot geologlar uchun alohida qiziqishga ega bo‘ladi. Ehtimol, bunday kam o‘rganilgan biologik jarayonlar oltin konlari shakllanishi va ularning taqsimlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, ehtimol, kelajakda bunday mikroblar qazilma zaxiralarni qidirishni aniqroq o‘tkazish va hattoki ularni qayta ishlash uchun yangi biologik texnologiyalarni yaratishda yordam beradi.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
18:43 / 26.05.2026