Juda muvaffaqiyatli kishilarning hayratlanarli odatlari
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, muvaffaqiyatli kishilarga yuqori samarali bo‘lishlarida nima yordam beradi? Bunday g‘aroyib ma'lumot to‘g‘ri yo‘nalish va rag‘bat olishingizga hissa qo‘shadi.
Ular ishning har bir soatini emas, daqiqasini rejalashtiradilar. Ko‘pchiligimiz ish jadvalini soatlar bo‘yicha rejalashtiramiz. Muvaffaqiyatli kishilar esa bir kunda 1440 daqiqalari borligi va undan samarali foydalanishlari kerakligini bilishadi.
Ular bir vazifaga bir marta e'tibor qaratib, unga 2-3 soatni bag‘ishlaydilar.
Ular ishlar ro‘yxatidan foydalanishmaydi. Agar bajarishingiz ehtimoli oz bo‘lsa, ishlar ro‘yxatini tuzmang. Tugallanmagan ishlar zo‘riqish va uyqusizlikni chaqiradi.
Ular vaqtga mos ravishda sayohat qilishadi. Biz esa vaqtga qarama-qarshi tarzda harakatlanamiz.
Biroq muvaffaqiyatli kishilar kelajakda foyda keltirishi uchun hozir nima qilishlari kerakligiga oydinlik kiritishadi. Kelajakda qanday xatolar qilishingiz mumkinligini o‘ylab ko‘ring va keyinchalik yuz beradigan kamchiliklarning oldini olish uchun bugun ular ustida ishlang.
Ular har bir ma'lumotni yozib borishadi. Yoningizda doim daftarcha va ruchka olib yuring. Bu biznes maktablarda o‘rgatilmaydigan qimmatbaho g‘oya.
Ular elektron pochtani kuniga bir necha marta tekshiradilar. Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizga keladigan xabarlar – ishdagi eng katta tanaffuslar. Muvaffaqiyatli kishilar xabarnoma ovozini eshitganda telefonni blokdan chiqarib, uni tekshirishmaydi.
Barcha samarasiz narsalarga «yo‘q» deyishadi. Bir kuni Uorren Baffet aytgan edi: «Muvaffaqiyatli va juda muvaffaqiyatli kishilar o‘rtasidagi farq shundaki, juda muvaffaqiyatli kishilar deyarli hammaga «yo‘q» deyishadi».
Ular 80/20 qoidasidan foydalanishadi. Deyarli har bir muvaffaqiyatli kishi ana shu tamoyilni qo‘llaydi. Bu tamoyil 20 foiz harakatlar 80 foiz natijani berishini anglatadi. Muvaffaqiyatli 20 foizli muhim vazifalar uchun ishlab, qolganlariga e'tibor berishmaydi.
Bu ma'lumotni o‘qigach muvaffaqiyatga erishish o‘zingizga bog‘liq. Biroq ular sizga samaraliroq va maqsad sari yo‘nalganlikda yordam beradi.
Mavzuga oid
22:15 / 18.05.2022
Soxta muvaffaqiyatshunoslik biznesi yoxud trening ortidan million
20:01 / 20.12.2020
«Rivojlanish uchun eng muhim omil – oiladagi garmoniya». Hikmat Abdurahmonov bilan suhbat
19:00 / 25.11.2019
«Badavlat bo‘lishni umuman tavsiya qilmayman». Rossiyalik milliarder baxt va boylik haqida
08:00 / 13.10.2019