Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda fojiali YTH: 19 yoshli haydovchi boshqargan «KamAZ» «Neksiya-3»ni bosib ketdi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan mudhish avtohalokatning videosi tarqalgan va unda «Neksiya-3» yengil avtomobili yuk tashuvchi «KamAZ» mashinasining ostida qolib ketgani ko‘ringandi. Bu YTH haqida Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Kun.uz'ga axborot berdi.
YTH 2019 yil 28 may kuni soat 12:00 larda Samarqand tumani «O‘zbekkenti» mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Haydovchi S.D. boshqaruvidagi «KamAZ» 5511 rusumidagi yuk mashinasi O‘zbekkenti-Qorasuv yo‘nalishi bo‘ylab ketayotib, ushbu yo‘lga tutash hisoblangan M-37-O‘zbekkenti yo‘lidan kelayotgan haydovchi H.Z. boshqaruvidagi «Neksiya-3» avtomobilini bosib ketgan. Oqibatda «Neksiya-3» haydovchisi H.Z. voqea joyida halok bo‘lgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Samarqand tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK 266-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan. Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, «KamAZ» haydovchisi 1999 yilda tug‘ilgan va hali 20 yoshga ham to‘lmagan. Halok bo‘lgan «Neksiya-3» haydovchisi esa 1989 yilda tug‘ilgan.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026