Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon hayiti 5 iyun kuni nishonlanadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturida e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5 iyun chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda qabul qilingan Prezident Farmoniga muvofiq, 1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga ko‘chirilgan edi.
Shunga ko‘ra, 2019 yil 5 va 6 iyun kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:36 / 27.02.2025
Ramazon oyining boshlanishi 1 martga to‘g‘ri keladi
13:15 / 28.04.2022
O‘zbekistonda Ramazon hayitining ilk kunini aniqlash maqsadida Shavvol hiloli kuzatilmoqda
19:00 / 26.04.2022
Prezident o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kun dam olishi haqida gapirdi
06:31 / 13.05.2021