Şu kunlarda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda kunning yoruğ vaqtida avtotransport vositalari çiroqlarini yoqib yurişga oid joriy etilgan qoida böyiça turli bahs-munozaralar keçmoqda. Uşbu masalaga Oliy Majlis Qonunçilik palatasining ayrim deputatlari öz pozitsiyalarini bildirişdi, unga Adliya vazirligi munosabat bildirişga ham ulgurdi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Tölqinjon Karimovning yozişiça, Adliya vazirligining munosabatidan, ayrim ijtimoiy tarmoq vakillarining fikrlaridan şu anglaşiladiki, göyoki deputatlar uşbu qoidani kiritişga ovoz berişgan. Aslida bunday emas. Masalaning asl mohiyati boşqaçaroq.

Tölqinjon Karimov
Foto: ÖzLiDeP

Deputatlar tomonidan 2016 yil 23 sentyabrda qabul qilingan Qonunga muvofiq Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 128-moddasidagi «sutkaning qoronği vaqtida yoki köriş çeklangan şaroitlarda yoritiş asboblaridan (foydalaniş qoidalarini buziş)» degan sözlar «taşqi yoritiş asboblaridan (foydalaniş qoidalarini buziş)» sözlari bilan almaştirilgan. Bunday özgartiş öşa paytda Yöl harakati qoidalarining 138-bandiga kunning yoruğ vaqtida ayrim holatlarda (jamlanma safida harakatlanayotganda, bolalar guruhini taşkiliy taşişda va boşqalar) yaqinni yorituvçi çiroqlar yoqilişi kerakligi töğrisidagi qoidaning kiritilişi bilan boğliq edi. Bunda Kodeksning 128-moddasi sanksiyasidagi jarima jazosi miqdori (eng kam iş haqining ikkidan bir qismi) özgarişsiz qoldirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 apreldagi 292-sonli qaroriga muvofiq Yöl harakati qoidalarining 138-bandiga özgartişlar kiritilib, unda kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şart ekanligi belgilab qöyildi. Natijada, taşqi yoritiş asboblaridan foydalaniş qoidalarining özgarişi öz-özidan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 128-moddasi tatbiq etilişiga olib keldi. Ya'ni, uşbu qoidalarni buzgan şaxslarga nisbatan tegişli ma'muriy javobgarlikni keltirib çiqardi.

Biroq, bu – deputatlar taşabbusi degani emas. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda turli sohalarda qonun osti hujjatlari bilan örnatilgan qoida va tartiblarni buzganlik uçun (masalan, epidemiyalarga qarşi kuraş, ov qiliş yoki baliq tutiş, yer beriş, örmon fondidan foydalaniş qoidalari va h.k.) javobgarlik belgilangan. Bunda, qonun osti hujjatlari bilan belgilangan qoidalarning özgarişi öz-özidan ma'muriy javobgarlikka tortişga ham ta'sir qiladi. Qoida va tartiblarning keng qamrovliligi va hajm jihatidan kattaligi ularni töğridan-töğri kodeksda batafsil yoritiş imkonini bermaydi. Şu sababli, qonun çiqaruvçi kodeksda qonun osti hujjatlaridagi qoida va tartiblarga havola qilişga ba'zan majbur böladi.

Ayni paytda, mazkur vaziyatning tahlili, yana bir karra prezident Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida bayon etilgan “Qonunosti hujjatlarini qabul qiliş amaliyotidan voz keçiş va töğridan-töğri qöllanadigan qonunlar qabul qiliş vaqti keldi”, degan ğoyaning neçoğlik dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini yaqqol körsatmoqda.

Uşbu ğoyani amalga oşiriş maqsadida parlamentda zarur çoralar körilmoqda. Xususan, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylaştirişning yagona uslubiyoti hamda Töğridan-töğri amal qiluvçi qonunlarda tizimlaştiriş va unifikatsiya qilinişi lozim bölgan qonun hujjatlarini qayta körib çiqiş böyiça “Yöl xaritasi” qabul qilindi. Mazkur “Yöl xaritasi” asosida bugungi kunda 60 ga yaqin töğridan töğri amal qiliş mexanizmiga ega bölgan qonunlarni qabul qiliş böyiça işlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda, Qonunçilik palatasi qabul qilinayotgan har bir qonunda barça masalalarni, qoida va tartiblarni batafsil yoritişga alohida e'tibor qaratmoqda. Birgina misol, parlamentimizga qonunçilik taşabbusi sub'yektlari tomonidan kiritilayotgan aksariyat qonun loyihalarining norma va qoidalari deputatlar tomonidan qayta işlanib, ular töğridan-töğri işlaydigan qonun sifatida qabul qilinmoqda. Bu esa parlament öz faoliyatida davlat organlari işidan xato izlaş yoki kiritilgan qonun loyihasini qaytariş emas, balki masalaga öz vaqtida ijobiy yeçim topişga e'tiborini qaratayotganligini körsatadi.

Fuqarolarning huquq va manfaatlariga bevosita daxldor bölganligi uçun Yöl harakati qoidalarini qonun bilan tasdiqlaş zarurati yuzaga kelmoqda. Agar şunday qilinsa, bugun ijtimoiy tarmoqlarda keçayotgani kabi turli bahs-munozaralarga heç qanday hojat qolmaydi.