Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada avtohalokatga uchragan O‘zbekiston fuqarolaridan birining shaxsi tasdiqlandi
30 may kuni Polsha vakolatli organlari tomonidan 18 mayda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng hushsiz holda kasalxonaga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarosining shaxsi aniqlangani qayd etildi. Bu haqda O‘zbekistonning Varshava shahridagi elchixonasi bergan ma'lumotga tayanib, TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu fuqaroning Lutfullayev Baxtiyor Erkin o‘g‘li ekanligi Polshaga kelgan otasi tomonidan tasdiqlandi.
«Ayni paytda mazkur avtohalokatda vafot etgan boshqa hamyurtimizning shaxsini aniqlash uchun uning yaqin qarindoshlarini Polshaga kelish masalalari ham hal qilinmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u Mamadaliyev Shuhratjon Vahobovich bo‘lishi mumkin», deyiladi xabarda.
Xabarda elchixona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olingan va Polshaning vakolatli organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatilganligi qo‘shimcha qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 18 may kuni Polshaning Shchechin va Gojuv shaharlari o‘rtasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida «Matiz» rusumidagi avtomobil yonib ketgandi. Oqibatda bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi og‘ir kuyish jarohatlari bilan hushsiz holda Shchechin shahri kasalxonasiga olib kelingan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026