Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qamchiqavtoyo‘l» xayriya tariqasida qishloq maktablariga o‘quv jihozlari taqdim etdi

Bugungi kunda Prezidentimizning ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid beshta tashabbusiga asosan, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni damda o‘quvchilar uchun zarur bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratish, ularning savodxonligini oshirish hamda kelajakda har tomonlama komil inson bo‘lib yetishishlarida maktab boshlang‘ich taa'lim dargohi bo‘lib xizmat qiladi.
Joriy yilning 16 may kuni «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi Namangan viloyati Pop tumani, Rezak qishlog‘ida joylashgan Pop tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 44-sonli maktabga xayriya tariqasida yangi o‘quv jihozlarini ulashdi. Jumladan, maktab ma'muriyatiga 200 dona badiiy kitob, kitoblar uchun maxsus javonlar, mutolaa qilish uchun stol va stullar taqdim etildi.
Shuningdek, 17 may kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani Chet suv qishlog‘ida joylashgan 21-sonli maktabga ham 200 dona badiiy kitob to‘plami, maxsus javonlar, foydalanish uchun stol va stullar yetkazib berildi. «Qamchiqavtoyo‘l» korxonasi bu kabi xayriya tadbirlarini yil davomida boshqa ta'lim muassasalari uchun ham o‘tkazishni rejalashtirgan.
Kichik bo‘lsa-da, yuqoridagi kabi ezgu amallar, homiylik tashabbuslari kelajakda farzandlarimizning barkamol bo‘lib o‘sishlarida oz bo‘lsa ham hissa qo‘shadi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025