Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Huawei uchun o‘ch olgani qurbon tanladi
Xitoy hukumati Huawei kompaniyasi shikoyatidan so‘ng AQShning FedEx yetkazib berish xizmatiga nisbatan tekshiruv boshladi, deb xabar berdi Xinhua agentligi.
Qayd etilishicha, tekshiruvga o‘ziga mo‘ljallangan jo‘natmalar bir necha marta boshqa manzillarga yetkazilgani to‘g‘risida Huawei kompaniyasining shikoyatlari sabab bo‘lgan. Shikoyatlarda aytilishicha, Yaponiyadan yuborilgan jo‘natma AQShga, Vetnamdan jo‘natilgani esa Osiyo mamlakatlaridan biriga yetkazilgan.
Huawei vakillarining so‘zlariga ko‘ra, jo‘natmalarda hujjatlar bo‘lgan.
Avvalroq Xitoyning Global Times nashri muharriri Xu Sitszin Xitoy hukumati AQShning Huawei kompaniyasiga nisbatan cheklovlariga javob choralari tayyorlayotganini aytgandi. Keyinroq Xitoy Amerika kompaniyalarining qora ro‘yxatini tayyorlayotgani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
13:00 / 14.05.2026
Huawei Digital Power “O‘zbekiston Energetika haftaligi – 2026 (UEW)”da yashil innovatsiyalarni ilgari surmoqda
15:00 / 13.03.2026
“Huawei MWC Barcelona 2026”da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
21:30 / 22.02.2026
Huawei fevral oxirida global taqdimot o‘tkazadi
09:28 / 11.12.2025