O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozining vaqtlari e'lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayitining (Iydul Fitr) birinchi kuni 5 iyun (Shavvol oyining 1-kuni), chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.
Shundan kelib chiqqan holda, 2019 yil 5 iyun, chorshanba kuni Ramazon hayiti namozi Toshkent shahrida soat 05:10da o‘qilishi e'lon qilindi.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida namoz vaqti Toshkent shahri bilan oradagi tafovutdan kelib chiqqan holda belgilab qo‘yildi. Eslatib o‘tamiz, hayit namozi quyosh chiqqanidan 15-20 daqiqa o‘tgach o‘qiladi.
O‘zbekistonda Ramazon hayitining vaqtlari
2019 yil, 5 iyun (chorshanba)
05:00 Andijon viloyati
05:30 Buxoro viloyati
05:20 Jizzax viloyati
05:30 Navoiy viloyati
05:00 Namangan viloyati
05:20 Samarqand viloyati
05:15 Sirdaryo viloyati
05:20 Surxondaryo viloyati
05:15 Toshkent viloyati
05:10 Toshkent shahri
05:00 Farg‘ona viloyati
05:45 Xorazm viloyati
05:25 Qashqadaryo viloyati
05:50 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qayd qilish joizki, Ramazon hayiti Islom dinining boshqa bayramlari kabi muayyan bir sanaga ega emas va hijriy taqvim asosida, yangi Oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi.
2019 yilda Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Ozarboyjon, Saudiya Arabistoni, BAA, Misr, Turkiya, AQSh va Germaniyada Ramazon hayiti 4 iyun kuniga belgilangan.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Angliya, Fransiya, Ispaniya, Argentina, Braziliya va Meksika musulmonlari hayitni xuddi O‘zbekiston kabi 5 iyun kuni nishonlashadi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi
Jahon | 12:53
-
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 12:51
-
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46
-
Ayrim hududlarda harorat nol darajagacha pasayadi. Bog‘dorlar va dehqonlar nima qilishi kerak?
O‘zbekiston | 12:35
Mavzuga oid

19:36 / 27.02.2025
Ramazon oyining boshlanishi 1 martga to‘g‘ri keladi

13:15 / 28.04.2022
O‘zbekistonda Ramazon hayitining ilk kunini aniqlash maqsadida Shavvol hiloli kuzatilmoqda

19:00 / 26.04.2022
Prezident o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kun dam olishi haqida gapirdi

06:31 / 13.05.2021