Shvetsiya sudi Julian Assanjni sirtdan hibsga olishni rad etdi

Foto: RIA Novosti
Uppsala okrug sudi prokuraturaning Shvetsiyada jinsiy zo‘ravonlikda ayblanayotgan WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanjni hibsga olish so‘rovini rad etdi.
"Prokuraturaning hibsga olish so‘rovi uchun asoslardan biri surishtiruvni davom ettirish zarurati edi, ammo hibsga olish uchun avvalgi order Assanj Ekvador elchixonasida ekanligida berilgan, hozirda esa u Buyuk Britaniyada hibsda", - dedi sudya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Assanjni sirtdan hibsga olish "noproporsional chora hisoblanadi".
Sud majlisi yopiq tarzda bo‘lib o‘tdi. Prokuror Yeva-Mari Persson uning Buyuk Britaniyadan ekstraditsiya qilinishini so‘rash uchun Assanjni hibsga olishni talab qildi.
WikiLeaks asoschisi AQSh so‘rovi bilan Britaniyada 11 aprelda hibsga olingandi. Britaniya sudi 2 may kuni AQShga Assanjni ekstraditsiya qilish uchun yuridik asoslangan so‘rovni berish uchun 65 kunlik muhlat bergan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Masxaralangan ta’lim vaziri va mustaqilligi uchun kurashayotgan universitet – Harvarddagi mojaro
Jahon | 11:20
-
Internetda bolalar himoyasi: Buni ta’minlashning imkoni bormi?
O‘zbekiston | 11:20
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 10:44
-
Qaysi hududda yashash va ovqatlanish xizmatlariga talab yuqori?
O‘zbekiston | 10:43
Mavzuga oid

21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»

00:06 / 26.09.2024
Julian Assanj ozod etilganidan beri ilk bor omma oldida chiqish qiladi

09:14 / 26.06.2024
Wikeleaks asoschisi Assanj AQSh sudi tomonidan ozod qilindi

08:52 / 25.06.2024