Gretsiya Germaniyadan jahon urushlarida keltirgan zarari uchun 320 mlrd yevro talab qilmoqda

Gretsiyaning Berlindagi elchisi Germaniya tashqi ishlar vazirligiga nota topshirdi. Unda Gretsiya hukumati Germaniya tomonini Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida yetkazgan zarari uchun harbiy reparatsiya va tovon to‘lashi borasidagi masalani hal qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga chaqirgan, deb xabar berdi Gretsiya TIV.
Ma'lum qilinishicha, Gretsiyaning da'volari Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida mamlakat va uning xalqiga yetkazilgan zararni qoplash, nemis bosqinchiligi qurbonlari va ularning avlodlariga nisbatan harbiy reparatsiyalar, okkupatsion zayomni va mamlakatdan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan arxeolog va boshqa madaniy boyliklar bilan bog‘liq.
Gretsiya parlamenti 17 aprel kuni hukumatga Germaniyadan Ikkinchi jahon urushidagi yetkazgan zarari uchun 309,5 milliard va Birinchi jahon urushidagi zarari uchun 9,2 milliard yevro harbiy reparatsiya to‘lashini talab qilish topshirilgan rezolyutsiyani qabul qildi. Shu bilan birga, Gretsiya odamlarning o‘limi va nogiron bo‘lib qolganligi uchun tovon to‘lovi miqdorini 107,2 milliard yevro deb baholamoqda.
Partiyalararo komissiyaning ma'ruzasiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi yillarida Gretsiya 558 ming fuqarosidan ayrilgan, 880 ming kishi nogironga aylangan. O‘sha paytda 7,335 million kishini tashkil etgan mamlakat aholisining 19,7%i urush qurboni bo‘lgan.
Germaniya Afinaning barcha talablarini rad etmoqda. Nemis amaldorlarining so‘zlariga ko‘ra, Germaniya 1960 yilda 115 million marka to‘lab o‘z majburiyatlarini bajargan.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talabiga ko‘ra nikohdan ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi
O‘zbekiston | 17:59
-
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
O‘zbekiston | 17:55
-
Amerikaliklar Trampning bojlari sabab oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlashga kirishdi
Jahon | 17:21
-
Xitoy o‘z fuqarolarining Rossiya tomonida turib Ukrainadagi urushda ishtirok etayotganini rad etdi
Jahon | 17:12
Mavzuga oid

10:40 / 08.04.2025
Germaniyaning AQShga eksporti yangi tariflar tufayli 15 foizga qisqaradi

17:31 / 07.04.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilarini urush holatiga tayyorlash tavsiya qilindi

13:35 / 05.04.2025
«Oltinlarimiz qayerda?» - nemislar AQShdagi zaxiralar yuzasidan xavotir bildirdi

09:12 / 04.04.2025