O‘zbekiston | 19:09 / 04.06.2019
150075
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati 4ta shahridan «ajraldi»

Foto: Advantour

Toshkent viloyatining 4ta hududiy birligi viloyatdan ajratib olindi. Bu haqda ayni paytda davom etayotgan Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma'lum  qilindi.

Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, davlat rahbari bugun imzolagan farmonga muvofiq, viloyatdagi 4ta yirik shahar - Angren, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

3 iyun kuni Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi vaqtida Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishi mumkinligi aytilgandi.

Mavzuga oid