Viloyat IIBB ma’lum qilişiça, tadbir davomida 22-25 yoşdagi 3 nafar şaxs 3 gramm sintetik giyohvandlik vositasini nazoratdagi xaridorga 1,7 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalil bilan qölga olingan.
Qölga olinganlar orasidagi şaxs (X.Ğ.)ning yonidan 6 gramm marixuana aniqlandi, şerigi (Ş.L.)ga tegişli maşinadan esa giyohvandlik moddasi iste’moli uçun maxsus yasalgan baklajka topildi.
Olib borilgan suriştiruvlar natijasida uşbu şaxslar internet orqali giyohvandlik vositalarini sotuvçilar bilan aloqada bölib, “zakladçik” sifatida faoliyat yuritgani va ularga yuborilgan maxsus lokatsiyalar orqali sintetik giyohvandlik vositalarini olib tarqatgani aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida uşlangan şaxs (Ş.L.)ga yuborilgan sönggi lokatsiya asosida Qibray tumanida Çinobod mahallasi hududidan 20 gramm sintetik giyohvandlik vositasi yaşirilgan joydan aşyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.











