Toşkent viloyati Yangiyöl şahri hokimi Dilşod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev iştirokida ötgan Xalq deputatlari Yangiyöl şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Uning örniga Ravşan Isoqjonoviç Raimov şaharning yangi hokimi etib tayinlangan.
Ravşan Raimov 1976 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodçi.
U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, şuningdek, 2020–2023 yillarda Toşkent viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği vazifasida işlagan.
Tayinlovga qadar, Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari vazifasida işlab kelayotgandi.
Dilşod Sultonov 2023 yilning avgust oyida Yangiyöl şahri hokimi lavozimiga tayinlangandi. U1980 yilda tuğilgan, 2002 yilda Toşkent temiryöl muhandislari institutini tamomlagan, mutaxassisligi — iqtisodçi.

Moliya vazirligi tizimida iş faoliyatini 2003 yildan boşlagan. 2003–2012 yillarda Moliya vazirligining soliq siyosati boşqarmasi boş iqtisodçisi, bölimi boşliği örinbosari, bölim boşliği. 2013–2017 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boşliği, Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktori lavozimlarida işlagan. 2017–2018 yillarda moliya vazirligining Davlat budjeti boş boşqarmasi boşliği bölgan.
2018 yil sentabridan 2023 yil avgustiga qadar moliya vaziri örinbosari lavozimida işlagandi.












