Jahon | 20:20 / 05.06.2019
6798
2 daqiqa o‘qiladi

Makka va muqaddas shaharlarning strategik rivojlanish rejasi tasdiqlandi

Foto: Saudi Gazette

Saudiya Arabistonidagi Makka va muqaddas shaharlar ishlari bo‘yicha qirollik komissiyasining kuzatuv kengashi shaharlarning strategik rivojlanish rejasini tasdiqladi. Unga muvofiq, shaharlar rivojlanishiga mas'ul direktoriya tashkil etiladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri, taxt shahzodasi va kuzatuv kengash raisi Muhammad ibn Salmon qarorga imzo qo‘ygan.

Qarorda ta'kidlanishicha, muqaddas shaharlar rivojlanishi bo‘yicha rejani amalga oshirish bosqichlari puxta ishlab chiqilishi lozim, tashabbus va takliflar inobatga olingan holda yo‘l xaritasi tuziladi. Ishlarni muvofiqlashtirib boruvchi direktoriya esa yopiq aksiyadorlik shaklida bo‘lib, uning ulushlari faqat qirollik oilasiga tegishli bo‘ladi.

Shahardagi qurilish va bunyodkorlik ishlari asosan Haj va Umra ibodati uchun xorijiy musulmonlarning talabini qondirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda Makkaning qoloq hududlarida o‘sishni amalga oshirishga qaratilmoqda.

Makka va muqaddas shaharlar ishlari bo‘yicha qirollik komissiyasining kuzatuv kengashi 2018 yil 1 iyunda tashkil etilgandi. Kengash musulmonlarga qulay sharoit yaratish va infratuzilmani rivojlantirish hisobiga xarajatlarni pasaytirishni maqsad qilgan.

Mavzuga oid