22:16 / 06.06.2019
19789

Poroshenkoning uyi oldida fayerlar va shinalar yoqildi

Foto: Vasily Fedosenko/REUTERS

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning uyi uning hibsga olinishini talab qilayotgan millatchilar tomonidan hujumga uchradi. Uyga fayerlar uloqtirilgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. 

Yuzga yaqin faol Poroshenkoning Kiyev yaqinidagi posyolkadagi uyi oldida fayerlar va shinalar yoqishgan. Millatchilar, shuningdek, uy oldiga karnaylar o‘rnatishgan. Ta'kidlanishicha, ulardan vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar yangrab turgan. Namoyishchilar Poroshenko va uning safdoshlarini “Ukroboronprom”dagi korrupsiya mojarosi bo‘yicha javobgarlikka tortishni talab qilishmoqda. 

Olomon “Poroshenko panjara ortiga” deb hayqirgan.

Aksiya ishtirokchilari sobiq prezidentning talon-tarojliklarga aloqadorligi yaqin orada tergov qilina boshlanmasa, noroziliklarni qancha talab etilsa, shuncha davom ettirish bilan tahdid qilishmoqda.

Top