Yunusobodda uch o‘smirni bosib ketgan ayolga uy qamog‘i tayinlandi

Toshkentning Yunusobod tumanida uch o‘smirni bosib ketib, ulardan birining o‘limiga sabab bo‘lgan ayolga Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha ayblov e'lon qilindi.
Toshkent IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi 42 yoshli Larisa T.ning uch nafar voyaga yetmagan farzandi borligi va oilada yagona boquvchi ekanini, muqaddam sudlanmagani, doimiy yashash va ish joyi borligi hisobga olib, unga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksining 242-1-moddasiga binoan uy qamog‘i ko‘rinishidagi ehtiyot chorasi qo‘llash haqida qaror chiqargan.
Gumonlanuvchiga nisbatan uchun birqator cheklovlar o‘rnatilgan. Jumladan:
- har qanday shaklda yozishmalarni olish va jo‘natish (pensiya va ijtimoiy ta'minot bilan bog‘liq xatlar, ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, soliq va boshqa kommunal xizmatlar to‘lovlari, shuningdek, surishtiruv, tergov va sud organlari bilan yozishmalar);
- har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida muzokaralar olib borish. Tez tibbiy yordam, o‘t o‘chirish va boshqa maxsus xizmatlar, ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalari (Jinoyat-protsessual kodeksining 242-1-moddasi bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi har qanday chaqiruv to‘g‘risida yashash joyidagi ichki ishlar idorasini xabardor etishi zarur) bilan favqulodda aloqa zaruriyati paydo bo‘lgan hollar, shuningdek advokatlar, qonuniy vakillar va uy qamog‘ida ushlab turish yuklatilgan ichki ishlar organining vakili bilan muzokaralar bundan mustasno;
- ayblanuvchi faqatgina ishga borish uchun uy qamog‘ida ushlab turish uchun mas'ul bo‘lgan organni majburiy ravishda ogohlantirgan holda uy-joyni 8:00dan 19:00 gacha tark etishi mumkin (istisno: oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa kerakli narsalarni sotib olish, kommunal xizmatlar uchun haq to‘lash to‘g‘risida yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlarini ogohlantirishga majbur).
4 iyun kuni Yunusobod tumanining 11-mavzesida soat 18:30da «Neksiya-3» avtomobili haydovchisi mavze ichidagi yo‘l chetida turgan 12 yoshli A.G., S.I. va S.Ya.ga kelib urilgan, ulardan biri A.G voqea joyida vafot etgandi. S.I. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, shifokorlar uning holatini barqaror deb baholash. Uchinchi bola - S.Ya., ambulator sharoitida ko‘rikdan o‘tkazilib, so‘ng uyiga javob berilgan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyada davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
Jahon | 17:08
-
Sirdaryolik rahbarlar o‘zbek tili bo‘yicha diktantda salbiy natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:06
-
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda
Jahon | 17:01
-
Chery Uzbekistan’dan barcha Tiggo avtomobillariga 0% bo‘lib to‘lash imkoniyati - 36 oygacha
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

22:28 / 16.04.2025
Toshkentda yo‘l talashgan Spark haydovchisi temir bilan Matiz haydovchisini urdi

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

13:34 / 21.03.2025
Yunusoboddagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

00:30 / 07.02.2025