Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar kam uxlash arterial qon bosimi oshishiga olib kelishini aytishdi
Tiniqib uxlamaslik hamda kamuyqulik arterial qon bosimi oshishiga olib keladi, deb ma'lum qildi Arizona universiteti olimlari.
Olimlar 21-70 yoshli 300 nafar kishi ishtirokida tajriba o‘tkazib shunday xulosaga kelishdi. Tajriba ishtirokchilari ikki kun davomida maxsus uskuna taqib yurishdi. Uskuna har 45 daqiqada ularning qon bosimini o‘lchab turdi.
Tajribadan ma'lum bo‘lishicha, yaxshi uxlay olmagan ishtirokchilarda ertasi kuni sistolik bosim ko‘tarilgan.
Tibbiyotchilarning fikricha, uyquning eng maqbul davomiyligi sutkada olti-to‘qqiz soatdir.
Olimlarning xulosalariga ko‘ra, muntazam ravishda kam uxlash gipertoniya kasalligi, stress va insulin darajasi kamayishiga olib keladi. Tadqiqot mualliflari uxlashdan oldin deraza pardalarini yopishni va yotoqxonaga smartfon yoki yorqin displeyli boshqa texnika buyumlarini olib kirmaslikni maslahat berishdi.
Mavzuga oid
22:06 / 10.06.2026
Mutaxassislar 8 soatlik uyqu haqidagi afsonani rad qildi: aslida qancha uxlash kerak?
02:09 / 09.03.2026
Tadqiqot: o‘smirlar tobora kamroq uxlamoqda
23:21 / 01.02.2026
Shifokor tezroq uyquga ketishning oddiy usullarini aytdi
19:17 / 19.11.2025