«Polkovnik-milliarder» Zaxarchenko 13 yilga qamaldi

Foto: Sergey Savostyanov / TASS
Moskvaning Presnenskiy sudi IIV ofitseri Dmitriy Zaxarchenkoga pora olish va tergovga qarshilik ko‘rsatish ishi bo‘yicha 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish va 117 mln rubl jarima to‘lash jazosini tayinladi.
Sud Zaxarchenkoni restorator Medi Dussdan 800 ming dollar pora olish ishi bo‘yicha oqladi. Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, barcha ikkilanishlar ayblanuvchi foydasiga hal qilinadi.
Ammo sud Duss Zaxarchenkoning talabi bilan unga o‘z restoranlariga kirishi uchun chegirma kartasini rasmiylashtirgani, natijada polkovnik qariyb 3 mln rubl mablag‘ini tejab qolgani o‘z isbotini topganini bildirdi.
Zaxarchenko shuningdek, polkovnik unvonidan va olgan davlat mukofotlaridan ham mahrum etildi, unga ikki yil davomida davlat organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlandi.
Zaxarchenkoning 2016 yil sentyabrda qo‘lga olinishi katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Tintuv vaqtida uning va yaqinlarining uyidan 140 mln dollar, 2,2 mln yevro va 374 mln rubl naqd pullar topilgandi.
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
Mavzuga oid

16:59 / 23.06.2025
“Yasalgan” jinoyat: Navoiyda ikki qiz IIB “rezultati” uchun qamoqqa tiqildi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

10:23 / 10.06.2025