Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin jurnalist Golunov ishi bo‘yicha qanday munosabat bildirgani ma'lum bo‘ldi
Foto: TASS / Scanpix / LETA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin giyohvand modda sotishda ayblanib uy qamog‘iga olingan «Meduza» jurnalisti Ivan Golunovning kaltaklangani borasida tekshiruv o‘tkazish iltimosiga ijobiy munosabat bildirdi. Bu haqda 10 iyun kuni Putin bilan uchrashgan Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova ma'lum qildi.
«Unga o‘z nuqtai nazarimni aytdim va Ivanga nisbatan kuch ishlatishganidan tashvish bildirib bu borada xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi kerakligini ma'lum qildim. Bosh prokuratura dastlabki tergov ustidan nazoratni davom ettirishi kerakligini so‘radim. Prezident bu fikrlarga ijobiy munosabatda bo‘ldi», — dedi Moskalkova.
Asosiy ofisi Latviyada joylashgan «Meduza» internet-nashrining tadqiqotchi jurnalisti Ivan Golunov o‘tgan hafta oxirida Moskvada qo‘lga olingandi.
Uni yirik miqdordagi narkotik moddalarni saqlashda ayblashgan. Uning o‘zi bu ish uyushtirilganini iddao qilmoqda.
Shanba kuni Moskvadagi Nikulin sudi Golunovni sog‘ligidagi muammolarga qaramasdan uy qamog‘iga hukm qildi.
Ivan Golunov sudda o‘zining aybsizligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
17:46 / 15.02.2026
Zelenskiy Putinda «ko‘p vaqt qolmagani»ni aytdi
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
14:52 / 11.02.2026
Kallas yevropaliklarni Putin bilan aloqalarni muvofiqlashtirishga chaqirdi
13:41 / 09.02.2026