Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda haydovchi bir necha kishi ustiga bostirib bordi (video)
Toshkentda Nexia rusumidagi avtomobil haydovchisi yo‘l chetidagi avtoturargohda bir necha erkak ustiga bostirib bordi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabar berishdi.
Ushbu hodisa qayd qilingan videoda haydovchi u tomon yo‘nalayotgan bir necha erkakni atayin urib ketganini ko‘rish mumkin. Haydovchi to‘xtamay, harakatini davom ettirgan. Shundan keyin bir necha kishi mashina ortidan quvlab ketgan va videodan ko‘rinishicha, ular haydovchini ushlashga muvaffaq bo‘lishgan.
So‘ngra uch erkak o‘z mashinasi yoniga yugurib borib, unga o‘tirishgan. Videoda keyin nima yuz bergani aks etmagan. Ehtimol, ular huquq-tartibot xodimlarini chaqirtirishgan yoki aybdorni o‘zlari jazolash yoxud u bilan “gaplashib olishga” urinishgan.
Hozirda ushbu voqea qachon va qayerda yuz bergani noma'lumligicha qolmoqda. Ba'zi foydalanuvchilarning ta'kidlashicha, voqea Qo‘yliq bozori yonida sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
10:44 / 07.07.2026