Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB va Milliy bank o‘rtasida milliy valutada vakillik hisob varag‘ini ochish to‘g‘risida shartnoma imzolandi
Bugun, 10 iyun kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Markaziy bankiga tashrif buyurdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
YeTTB tomonidan bank tizimida bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar va islohotlar amalga oshirilishi, jumladan, tizimda sog‘lom raqobatni kuchaytirish uchun zarur hisoblangan davlat va xususiy banklar uchun bir xil va teng sharoit yaratish hamda davlat dasturlarini moliyalashtirishning muqobil manbalarini shakllantirish muhimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, YeTTB vakillari O‘zbekiston bank tizimining joriy holati va uni isloh qilishdagi ustuvor vazifalar bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar. YeTTB prezidenti bank tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini hamda bu borada zarur ko‘mak taqdim etishga tayyor ekanligini ta'kidladi.
Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekistonda YeTTB loyihalarini keng qamrab olish va hajmini oshirish maqsadida YeTTB va Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o‘rtasida milliy valutada vakillik hisob varag‘ini ochish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
10:05 / 11.02.2026